KOLLEJ KUTUBXONASI

Samarqand bank kolleji kutubxonasining 2006-2007 o'quv yili uchun ma'lumoti

Samarqand bank kolleji kutubxonasida jami 14355 nusxada kitob mavjud bo'lib, shundan 6122 tasi umumiy ta'lim fanari bo'yicha, 6030 tasi maxsus fanlar bo'yicha va 290 tasi Prezident asarlari, 1101 tasi ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar va 812 tasi badiiy adabiyotlarni tashkil etadi. Kitoblarning aksariyati (10197 tasi) o'zbek tilida bo'lib, bulardan tashqari 1488 nusxada rus tilidagi va 2670 nusxada lotin grafikasidagi adabiyotlardan iborat. Shuningdek, kollej o'qituvchilari va o'quvchilari tomonidan 250 ta gazeta va 25 ta jurnallarga obuna bo'lgan bo'lib, ular kutubxonaga muntazam ravishda yetkazilib turiladi. Kollej kutubxonasida multimedia kompyuter o'rnatilgan va unda o'quvchilar kollej o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan elektron darsliklardan foydalanish imkoniyati mavjud. Shuningdek, kutubxonada 74 ta kollej o'qituvchilarining ma'ruza matnlari, hamda O'MKHT viloyat boshqarmasi tomonidan 40 ta va o'quv muassasi tomonidan yaratilgan 28 ta CD disklar o'quvchilar hukmiga havola etilgan.

Kutubxona qoshida 150 o'ringa mo'ljallangan qiroatxona mavjud bo'lib, undan talabalar bilan bir qatorda kollej o'qituvchilari ham muntazam foydalanadilar. Kutubxona a'zolari 1167 kishidan iborat, shu jumladan 1013 o'quvchi, 82 o'qituvchi, 40 ishchi-xizmatchilar va 32 mahalliy kitobxonlardir.

Copyright © Samarqand bank kolleji, 2006
Barcha mualliflik huquqlari himoyalangan
1024x768 va undan katta ol'chamlarga moslashtirilgan

Хостинг от uCoz