TADBIRLAR

14.02.2007
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 524 yilligi.
Kollej faollar zalida talabalar ishtirokidagi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 524 yilligiga bag'ishlangan mushoira kechasi bo'lib o'tdi. Tadbir kollej Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Tilshunoslik kafedrasi o'qituvchisi I.Ziyoyeva tomonidan tashkillashtirilgan bo'lib, unda kirish so'zidan keyin 110 va 111 guruh talabalari to'planganlarga Bobur ijodidan g'azal va ruboiylar o'qib berishdi. Tadbirda, shuningdek, Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romanidan parcha namoyish etildi. Mehmonlar chiqishidan keyin, yig'ilganlar kollej talabalari tomonidan ijro etilgan musiqa va raqslardan bahramand bo'lishdi.

9.02.2007
Alisher Navoiy tavalludining 566 yilligi.
Kollej kutubxonasida talabalar ishtirokidagi Alisher Navoiy tavalludining 566 yilligiga bag'ishlangan "Alisher Navoiy ijodida kasb-hunar madhi" mavzusidagi ilmiy badiiy anjuman bo'lib o'tdi. Anjuman kollej xotin-qizlar qo'mitasi raisi L.X.Ismailova, ona tili va adabiyot o'qituvchisi M.Q.Safarova hamda kutubxona faollari tomonidan tashkillashtirildi. Anjuman quyidagi dastur bo'yicha o'tkazildi:

  • Kirish so'zi
  • 101-guruh talabasi Hakimova Kamola tomonidan ma'ruza
  • 103, 104 va 112-guruhlari talabalari tomonidan g'azallardan namunalar
  • 101-guruh talabasi Abdullayeva Dildora tomonidan ma'ruza
  • Mumtoz kuyda raqs
  • 103-guruh talabasi Jahongirov Elbek tomonidan ma'ruza
  • 109, 208 va 210-guruhlari talabalari tomonidan ruboiylardan namunalar
  • 208-guruh talabasi Nabiyeva Mohigul tomonidan ma'ruza
  • 106-guruh talabasi Obidov Akobir va 112-guruh talabasi Rahimova Farangiz ijrosidagi Alisher Navoiy ijodiga bag'ishlangan sahna ko'rinishi
  • Mehmonlar chiqishi.

14.01.2007
"Vatan himoyachilari kuni"
Kollejimizda Yoshlarni Chaqiriqqacha Tayyorlash kafedrasi tomonidan kollej o'spirinlarini majburiy harbiy xizmatga ruha tetik va jismonan baquvvat qilib tayyorlashga doir talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Kafedra tomonidan har yili o'tkaziladigan "Shunqorlar" sport musobaqasi shunga yaqqol misoldir. Kollejimizda 2006 yilning 14 dekabridan 2007 yilning 14 yanvarigacha o'tkazilgan "ommaviy vatanparvarlik oyligi" doirasida "Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Unda kollej o'qituvchi va xodimlari bilan bir qatorda Samarqand viloyatining 84/112 harbiy qismi kapitani Ergashev Z. va serjanti Samiyeva S. ham qatnashdilar. Tadbirda so'zga chiqqanlar Vatan. uning sarhadlarini himoya qilish muqaddas burch ekanligi haqida uqtirib o'tdilar. Tadbir so'ngida to'planganlar kollej talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari hamda kuy va qo'shiqlardan bahramand bo'ldilar.

Copyright © Samarqand bank kolleji, 2006
Barcha mualliflik huquqlari himoyalangan
1024x768 va undan katta ol'chamlarga moslashtirilgan

Хостинг от uCoz